O’ZIM HAQIMDA

Новый рисунок (2)

Men-Mamaraximov Sirojiddin Murtazayevich-01.01.1990-yilda Sirdaryo viloyati,Yangiyer tumani (Mirzaobod tum)da oddiy ishchi oilasida tug’ildim.1997-yil Mirzaobod tumanidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o’qishga qabul qilindim.2006-yil shu maktabning 9-sinfini tamomlab,2006-2008-yillarda tumandagi 1-sonli iqtidorli bolalar maktab-internatining 10-11-sinflarida tahsil oldim.2010-yil Guliston davlat universitetining Filologiya fakulteti,o’zbek filologiyasi yo’nalishining 1-bosqichiga davlat grandi asosida o’qishga qabul qilindim.2014-yil shu oliygohni bitirib,o’zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha bakalavr darajasini oldim.Mehnat faoliyatimni 2014-yil 10-avgustdan e’tiboran,Mirzaobod tumanidagi 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotchi psixolog va ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi sifatida boshlaganman.Hozirda shu ta’lim muassasasida faoliyat yuritmoqdaman.Pedagogik faoliyatimda asosiy e’tiborni o’quvchi-yoshlarga yangi,zamonaviy pedagogik usullar asnosida dars o’tishga,o’quvchi shaxsining psixologik sog’lomligiga qaratib kelmoqdaman.

Published in: ||on Aprel 9th, 2017 |O’ZIM HAQIMDAda fikr bildirishni o'chirish